Anguzal Agroservis — Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligi hamda oʻsimliklarni himoya qilish uchun biologik preparatlar ishlab chiqaruvchisi.
PLАNTАSTIM - qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun fungitsid xususiyatiga ega o‘simliklar o‘sish biostimulyatori.
Preparat ildiz orqali oziqlanishni yaxshilaydi, ildiz tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradi, tuproqdagi fosfor va kaliyning o‘zlashtirilish darajasini oshiradi, shuningdek, o‘simliklarni ildiz patogenlaridan himoya qilishga yordam beradi.
PLANTASTIM biopreparati turli ekinlar: g‘o‘za, bug‘doy, sholi, pomidor, bodring, qulupnay va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Tarkibi: Trichodema lignorum saprofit qo‘ziqorini sporasi, titr — 1*10^10 s/ml.
Fosfor kislotasi sintezi hisobiga tuproqni tabiiy ravishda pH 6.0–6.5 gacha nordonlashtiradi;
O‘simliklarning ildiz orqali oziqlanishini rag‘batlantiradi, qiyin o‘zlashtiriladigan fosfor (superfosfat va b.) va kaliy shakllarining eruvchanligini hamda o‘zlashtirilishini 85% ga oshiradi;
O‘simlik rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kuchli ildiz tizimi shakllanishini ta’minlaydi;
Ildiz kasalliklaridan (fuzarioz, vertitsillyoz, ildiz chirishi, qora poya va h.k.) himoya qiladi;
G‘alla, texnik, sabzavot, meva-rezavor va o‘rmon ekinlari hosildorligini 20–40% ga oshiradi.
Preparat ildiz zonasi patogenlari, jumladan: fuzarioz, vertitsillyoz, ildiz chirishi va boshqa kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Ekin turi: Barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan, g‘o‘za, bug‘doy, sholi, pomidor, bodring, qulupnay va h.k. uchun mos keladi.
Sarf me’yori: 10 litr suvga 100–200 ml.
Qo‘llash usuli: Tayyor eritma bilan ildiz ostiga 200 ml dan quyish orqali.
O‘simlik ildiz tizimining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotni «Qishloq xo‘jaligida o‘simlik ildizlari» maqolasida o‘qing.
Preparatlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘proq ma’lumot — bizning Telegram-kanalimizda.
| Ekin | Maqsadli obyekt | Ishlov berish usuli | Preparatni sarflash normasi | Qayta ishlov berish soni |
| Paxta Bug’doy |
Hosildorlikni oshirish. Tuproqning tabiiy nordonlashishi. Patogenlardan himoya qilish. |
Urugʼlarga ekishdan avval ishlov berish. Gullashdan avval, trubkaga chiqish davrida vegetatsiya boʼyicha purkash. |
1 l/t 2 l/ga |
2-4 |
| Ochiq va yopiq tuproqli sabzavot ekinlari |
Koʼchat ekilgandan soʼng 10 kun oʼtgach sugʼorish. Ildizlar oʼsishi uchun 20-30 kundan keyin sugʼorish (gullagungacha). Meva hosil boʼlish davrida har 20- 30 kunda sugʼorish |
10 l suvga 50-100 ml |