Biz haqimizda

Anguzal Agroservis — Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligi hamda oʻsimliklarni himoya qilish uchun biologik preparatlar ishlab chiqaruvchisi.

Biz bilan bog'lanish
icon

LAVIRON

LAVIRON

Laviron o‘simlik viruslariga qarshi — bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini virusli kasalliklar, mozaika va sariq kasalligiga qarshi davolash uchun mo‘ljallangan viruslarga qarshi biopreparatdir.

LAVIRON

Laviron o‘simlik viruslariga qarshi — viruslarga qarshi biopreparat!

Laviron o‘simlik viruslariga qarshi — bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini virusli kasalliklar, mozaika va sariq kasalligiga qarshi davolash uchun mo‘ljallangan viruslarga qarshi biopreparatdir. Preparat pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, kartoshka, olma, nok, poliz ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llaniladi.

Tarkibi: T. lignorum mikomitsetidan olingan ekstrakt.

Laviron viruslarga qarshi preparati o‘simliklarni virusli kasalliklar va sariq kasallikning asosiy guruhlaridan davolashda qo‘llaniladi: yo‘l-yo‘l mozaika, burishgan mozaika, dog‘li mozaika, tamaki mozaikasi, pomidor mozaikasi, barglarning bujmayishi, stolbur, gotika, barglarning o‘ralishi va h.k.

LAVIRON preparatining ta’sir doirasi:

  • O‘simlikning zararlangan tuzilmasida viruslarning asosiy mexanizmlariga bevosita ta’sir qiladi;
  • O‘simlikning boshdan kechirgan stressdan keyingi holatini yaxshilaydi;

Zararlanishning barcha salbiy sabablarini bartaraf etadi va viruslarni davolashga yordam beradi.

Laviron preparatining ishlashi va viruslarni davolash haqida batafsil quyidagi maqolalarda o‘qishingiz mumkin:

«Pomidordagi strik virusi».

Preparatlarni qo‘llash bo‘yicha ko‘proq ma’lumot — bizning Telegram-kanalimizda.

Ekin Maqsadli obyekt Ishlov berish usuli va vaqti Preparat va ishch suyuqlikni sarflash normasi Ishlov berish soni
Ochiq va
yopiq tuproqli savbzavot ekinlari
Virusli kasalliklarning ikki asosiy guruhi: mozaika va sariq kasal Profilaktika qilish:
-Ekilgandan keyin 15 kun o‘tgach kechki vaqtda purkash;Davolash (alomatlar paydo bo‘lganda):
-Birinchi purkash kechki vaqtda
-Takroriy purkash 7-10 kundan keyin
10 l suvga 10-15 ml 3

Ommabop mahsulotlar
+998 (99) 430-00-64