QISHLOQ XO‘JALIGI FIDOIYLARI

QISHLOQ XO‘JALIGI FIDOIYLARI:
O‘zbekistonning birinchi raqamli mikrobiolog olimasi, biologik vositalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya asoschisi Anaida Guzalova o‘z faoliyati haqida...

Suhbatdoshimiz Anaida Georgievna Guzalova, biologiya fanlari doktori, professor, "Anguzal Agroservis" korxonasi direktori, Moskva Mikrobiologiya va virusologiya instituti, Moskva davlat universiteti va Zentrum für Molekulare Biologie der Universität Heidelberg, shuningdek, Toshkent Davlat universitetida tahsil olgan. O‘zbekistonda ilk marta “O‘simliklarda bakterial kuyish” kasalligini va unga qarshi samarali davolash usulini aniqlagan. Germaniyaning Xaydel'berg universiteti professori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi.

- Assalomu alaykum Anaida Georgievna, sizni nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan biologik preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari sifatida, balki zamonaviy qishloq xo‘jaligimizning eng yetuk olimlaridan biri sifatida bilamiz. Kompaniyangiz haqida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida batafsi gapirib bersangiz?

-Assalomu alaykum qadrli dehqonlar, fermerlar va bog‘dorchilik sohiblari. Biz 14 yildan ortiq vaqtdan buyon qishloq xo‘jaligi va organik dehqonchilik uchun sifatli va ekologik toza biologik mahsulotlar ishlab chiqaramiz hamda O‘zbekistondagi birinchi va yagona zavodmiz. Mahsulotlar qatoriga fungisidlar, insektisidlar, biostimulyatorlar, bioo‘g‘itlar, shuningdek antivirus preparatlari va o‘simliklarni sovuqdan himoya qilish uchun noyob ishlanmalar kiradi. Endi ish faoliyatimiz haqida: Bizda hammasi barcha zarur jihozlarga ega bo‘lgan o‘z laboratoriyamizdan boshlanadi: displeyli elektron mikroskoplar, termostatlar, avtoklavlar, reaktorlar va qurituvchi shkaflar. Laboratoriyada tuproq, o‘simliklar kasalliklarini o‘rganamiz, agrotexnik xulosa beramiz, mikroorganizmlarni tekshiramiz. Barcha shtammlar mahalliy bo‘lib, bu bizning iqlim sharoitimizda ularning samarali ishlashini ta'minlaydi.

Mikroskop ostida biz zamburug‘lar va bakteriyalarni tekshiramiz, ularning morfologiyasini, titrini o‘rganamiz va Petri idishlarda Fuzarioz kabi patogenlarga qarshi samaradorligini tekshiramiz.

Laboratoriyada urug‘lik materialini tayyorlash bo‘yicha asosiy ishlar olib boramiz. Barcha ishlar laminar boksda steril sharoitda amalga oshiriladi. Laboratoriyadan keyin mikroorganizmlar ishlab chiqarishga kiritiladi, bu yerda sterillik shartlari bor va mikroorganizmlarni yetishtirish yopiq idishlarda sporalarning kerakli titriga erishilguncha qadar amalga oshiriladi.



Ushbu mikrobiologik preparatlarda spora titri, agar u mikroorganizmlar ekstrakti bo‘lsa, unda bu ekstrakt olingan bakteriya ko‘rsatiladi. Masalan, "Sporagin" biofungisidida Bacillus subtilis bakteriyasi ishlatiladi, spora titri 109 ga 1 ni tashkil qiladi. Bakteriyalar spora hosil bo‘lgunga qadar (dam olish holatida) o‘stiriladi, shuning uchun ular uzoq vaqt davomida o‘z hayotiyligini saqlaydi. Zavodimizda bir marta ular "uyg‘otiladi" va zararli mikroorganizmlarga qarshi faol kurashni boshlaydi, shu bilan o‘simliklarni himoya qiladi va davolaydi.

"Baktomin" preparatida o‘simlik immunitetini oshirish uchun Azotobacter chroococcum bakteriyasining ekstrakti ishlatiladi, u allaqachon havodan azotni so‘rib olgan va uni oson hazm bo‘ladigan shaklga va Bacillus subtilis bakteriyasiga aylantirilgan.

Tayyor mahsulotning har bir partiyasi sifat va samaradorlik bo‘yicha laboratoriyada tekshiriladi va shundan keyingina sotuvga chiqariladi. Agar qadog‘ida preparatning faol moddasi, titri yoki biologik mahsulotning boshqa shakli ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda 99% ehtimollik bilan bu aldov hisoblanadi!!! Biologik mahsulotlar ishlab chiqarish juda jiddiy va mas'uliyatli ish bo‘lib, buning uchun katta bilim talab qiladi. Mikroorganizmlar juda nozik, katta e'tibor, muhitni to‘g‘ri tanlash, yetishtirish harorati, sterillik va boshqa muhim shartlarni talab qiladi. “Anguzal Agroservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladi. Sifatli biologik vositalar olish uchun barcha sharoit yaratilgan.



"ANGUZAL AGROSERVIS" kompaniyasi haqida qisqa satrlarda... ✅Kompaniya faoliyati 2009 yilda tashkil topgan. U Markaziy Osiyoda o‘simliklar uchun biologik preparatlar ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi. Ular orasida kasalliklarga qarshi biofungisidlar, virulisidlar, oziqlantirish va rivojlantirish uchun biostimulyatorlar, zararkunandalarga qarshi bioinsektisidlar va probiotiklar kabi 11 xil mahsulotlar o‘rin olgan.

✅Kompaniya rahbari Anaida Georgievna Guzalova, biologiya fanlari doktori, professor, Germaniyaning Xaydel'berg universiteti professori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi.
✅Kompaniya nufuzining ortishida bosh muhandis Aleksandr Novichkov, rahbar o‘rinbosari Alina Novichkova, biotexnolog Minzaxid Zemaletdinov, ombor faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari xodimlari Kamoliddin Purxonov, Jamoliddin To‘qsonboev hamda albatta kompaniyaning savdo bo‘yicha rahbari, agronom Zohidjon Abdusalomovning ulkan hissalari bor.
✅Kompaniya 2009 yilda ishlab chiqargan dastlabki mahsulotlar "Sporagin" biofungisidi va "Plantastim" fungostimulyatoridir. Keyingi 12 yil mobaynida ular qatoriga "Laviron", "Prestij", "Prestij Plyus", "Baktomin", "Maksiplant", "An Bio", "Fosfomaks", "Amila Pro" singari yuqori samarali va Markaziy Osiyoda analogi bo‘lmagan biopreparatlar qo‘shildi.
✅Kompaniya tasarrufida 2 ta eng ilg‘or mikrobiologik laboratoriyalar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekistonda yagona hisoblanadi.
✅2023 yilda ekinlarni himoya qilish va oziqlantirish uchun yana ko‘plab mikrobiologik preparatlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
✅Kompaniyada eng avvalo ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga e'tibor beriladi.